Qo‘llanma tasdiqlangan dastur asosida yozilgan 9-sinf kimyo darsligini o‘qitishda kimyo fani o‘qituvchilariga ma’lum darajada amaliy yordam beradi degan umidda ushbu qo‘llanma yozildi. Qo‘llanmada umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari talablariga binoan tuzilgan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarning ish rejasi va har bir darsning asosiy bosqichlari qisqacha bayon qilindi. Darsning maqsadi, vazifalari, mavzular yakuni bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, masalalar yechish, test savollari orqali o‘quvchilar bilimlarini aniqlashga e’tibor qaratildi.