Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz


Muallif (lar): S .T U R O B J O N O V , T .T U R S U N O V , X .P U L A T O V
Chiqarilgan yili: 2010
Resurs betlari soni: 256
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): pdf

Atrof-muhitni antropogen ta’sirlardan himoya qilishga bugungi
kunda dunyo miqyosida katta e’tibor berilmoqda. Sanoatning, shu
jumladan, kimyo sanoatining jadal rivojlanishi, xomashyo qazib
olishning ko‘payishi, transportdan foydalanishning oshib borishi
atrof-muhitga juda ko‘plab chiqindilar tashlanishiga sabab
bo‘lmoqda.
Atrof-muhit (suv, havo, tuproq)ning ifloslanishi biosferaning
normal hayot faoliyatining buzilishiga, iqlim o‘zgarishiga, o‘simlik
va hayvonot turlarining yo‘q bo‘lib ketishiga, aholi salomatligining
yomonlashishiga olib kelmoqda.
Mamlakatimizda va chet davlatlarda atrof-muhit ifloslanishini
kamaytirish va oldini olish maqsadida tegishli qonunlar ishlab
chiqilmoqda, turli texnologik, sanitar-texnik, texnik, tashkiliy va
boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sanoatning rivojlanishi, qishloq xo‘jaligining sanoat asosiga o‘tkazilishi, shaharlarning o`sishi, odamlarning ko‘payishi suv iste’molining ortishiga
olib kelmoqda. Bugungi kunda sanoat korxonalarida tarkibi turlicha
bo`lgan oqova suvlar hosil bo‘lmoqda. Tabiiyki ulami tozalash
uchun zamonaviy tozalash inshootlari va texnologiyalarini yaratish
hamda joriy etish hozirgi kunning muhim masalalaridan biri
hisoblanadi. Shu bilan birga, sanoat korxonalarida suvning yopiq
zaniirli tizimini hosil qilish hisobiga toza suv iste’molini
kamaytirish ham asosiy muammolardan biridir. Buning uchun
shu sohada ishlovchi mutaxassislarda yetarlicha bilim, ko`nikma
va malakalar bo‘lishi talab etiladi.
«Oqova suvlarni tozalash texnologiyasi» darsligi bo‘lajak mutaxassislarda oqova suvlarni tozalashning zamonaviy usullari, jihozlari
va texnologiyalari, korxonalarda suvning yopiq zanjir tizimini
yaratish borasidagi bilimlarini shakllantirish, rivojlantirish,kelajakda mamlakatimizda bunday ekologik muammolarni hal
qiluvchi mutaxassislar tayyorlash maqsadida yaratildi
 
Ko'rildi: 139     Ko'chirildi: 6195


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz