Tuproqning tuz-suv rejimi fanining mazmuni yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqish uchun sizot suvlarining rejimi bilan ularning muvozanatini, ya’ni kirim va sarflanishiga asoslangan. Talabalr bu fanni o’rganishda sho’r tuproqlar, ularning turlari, sho’rlangan tuproqlar meliorativ rejimi , tuzlarning o’simliklarga ta’siri, sizot suvlari rejimi, balansi va kritik chuqurligi, tuproq profilining suv va tuz rejimlari hamda sho’rlangan yerlarni yuvish to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishadilar.