Qishloq xo‘jaligi asoslari fani xalq xo‘jaligining asosiy tarmog`i hisoblanib, bu sohani rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlari tizimida qishloqda birinchi bosqichda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning yangi shakllarini rivojlantirishga katta e`tibor berildi. Qishloqda fermer, dehqon sektori amalda shakllana boshladi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda dehqonchilik madaniyatini oshirish, erdan yanada unumli foydalanish, zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan foydalanish, qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida mexanizatsiyani keng ko‘lamda joriy etish, chorvachilikni har tomonlama rivojlantirish uchun uning em-hashak bazasini barpo qilish kabi bir qancha tadbirlarni amalga oshirish zarur.