Amaldagi 5111000 -- Kasbiy ta’lim(agronomiya) Bugungi fan va texnika rivojlanayotgan, bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o`tilayotgan vaqtda xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlari singari qishloq xo`jaligi sohasida ham tub o`zgarishlar kiritishni takazo etadi. Buning uchun esa bu sohada ilm fan yutuqlarini keng joriy etish, ilg`or texnologiyalarni tadbiq etish lozim.
Bugungi kunda qishloq xo`jaligi oldida to`rgan asosiy vazifa har qanday yo`l bilan ekinlar hosildorligini oshirish emas, balki ekinlar hosildorligini oshirish bilan bir vaqtda mahsulot tannarxini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yahshilash hisoblanadi.