Xalq ta’limi oldida turgan asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarni axloqiy
jihatdan barkamol shaxs qilib shakllantirishdir. Tarbiya jarayonida ayniqsa, o‘smir yoshdagi maktab o‘quvchilarida vatanparvarlik, milliy g‘oya va baynalmilalchilik, voqelikka faol munosabatda bo‘lish, o‘rtoqlik, mehnat kishisiga chuqur hurmat hislarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy taraqqiyot goyasini o‘zida mujassam etgan ma’naviy jihatdan barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun munosib hayot shartsharoitlarini yaratish davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi deb qaraladi. |
0
|
|