Materiallarni kesib ishlash, stanoklar va asboblar kursining maqsadi materiallarni kesish
jarayonining fizikaviy asoslarini, asbobsozlik materiallari, kesuvchi asboblarning ishlatilishi va ularni loyixalash, ishlab chiqarishda keng tarqalgan stanoklarning tuzilishi, ularda bajariladigan ishlarga oid masalalarni o’rganishdir. Shuningdek: kesish jarayoni to’g’risida umumiy ma’lumot, keskichning kesuvchi qismining elementlari, geometriyasi, mashina va donalik vaqti. Kesib ishlashning fizik hodisalari: o’simta, qirindining kirishuvi, kesish jarayonida hosil bo’luvchi issiklik hodisalari, kuchlar, kesish tezligi, yo’nilgan sirtning sifati, metallmas materiallarni kesib ishlash, tokarlik, randalash, parmalash, Frezalash , jilvirlovchi, yog’ochni qayta ishlovchi stanoklar, hamda materiallarni fizik-kimyoviy ishlov berish haqida talabalarga bilim berishdir. |
0
|
|