talabalarning lingvistik, kommunikativ va lingvomamlakatshunoslik imkoniyatlarini shakllantirishdir. Lingvistik kompetentlik til
tizimi haqidagi bilim va uning xorijiy tilda kommunikatsiya jarayonida amal qilish qoidalarini o’z ichiga qamrab oladi. Kommunikativ kompetentlik nutqiy kommunikatsiya shartlariga binoan xorijiy tilda kommunikatsiya jarayonini nazarda tutadi. Muomala (nutq) vaziyati murojaat kimga qaratilgani va suhbatdoshlarning o’zaro munosabati kommunikatsiya jihatdan o’ta muhimdir. Lingvo-mamlakatshunoslik kompetentsiyasi tili o’rganilayotgan mamlakatni ayni paytdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivoji va shunga mos tarzda nutq muomala madaniyatini nazarda tutadi. Og’zaki va yozma nutq amaliyoti fanining kasbiy pedagogik maqsadi jsa o’rganilayotgan tilni adaptiv darajada konkret pedagogik muomala malakalarini egallashni (o’quvchilarning intellektual faoliyatini boshqarish, nutq faoliyatini muayyan maqsadga yo’naltirish, nutq faoliyatinii tashkil etish uni nazorat qilish va h.k.) o’z ichiga qamrab oladi. |
0
|
|