SO‘ZBOSHI
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda oliy maktabda ta’lim tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, talabalar uchun yangi, zamonaviy o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalar yaratish va ular bilan o‘tkaziladigan nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishni hozirgi davr kun tartibining dolzarb masalalari qilib qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy maktab ilmiy jamoalari oldiga qo‘yilayotgan yuksak talablarning boisi ham shundadir.