Ushbu ma’ruzalar matni 5A140501-KIMYo (analitik kimyo) mutaxassisligi bo’yicha tahsil olayotgan magistrlar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda moddalar va ular aralashmalarining tarkibini sifat va miqdor jihatdan analiz qilishda qo’llaniladigan organik reagentlarning tuzilishi va xossalari bayon qilingan. Shuningdek, hozirgi zamon analitik kimyosida moddalarni ajratish va kontsentrlash usullariga qo’llaniladigan selektiv va tanlanuvchan organik reagentlarning o’ziga xosligi, ularning sinflanishi va kimyoviy xossalari qo’llanilish sohalari haqida ma’lumot beriladi.