Ushbu ma’ruzalar matni 5321000 oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi, 5630100-ekologiya va atrof muxit muxofazasi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda analitik kimyoning nazariy asoslari qonun va tushunchalari, ionlarning xossalari, analitik metodlar va ularning halq xo’jaligidagi (ishlab chiqarishdagi) texnologik axamiyati bayon qilingan. Shuningdek, miqdoriy analiz usullari, eritmadagi jarayonlar haqida atroflicha ma’lumot beriladi.
Ma’ruzalar matnidan analitik kimyo fanini o’qiydigan barcha yo’nalishlarda taxsil olayotgan bakalavrlar ham foydalanishlari mumkin.