Ekologiya, biologiya fanlari turkumiga mansub bo`lgan mustaqil fan hisoblanadi. U tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning o`zlari yashab turgan muhit bilan o`zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda tug`iladigan qonuniyatlarni o`rganadi.
Ekologiya; tushunchasini fanga birinchi bcflib 1866 yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. «Ekologiya» yunoncha so"z bo’lib uning ma`nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o`zaro munosabatini bildiradi. Populyatsiya, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham umumiy ekologiya 4 bo`limga bo’lib o`rganiladi.