Mazkur darslik «Uy-joy kommunal xo`jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi»
fanidan amaldagi. fan dasturiga muvofiq tayyorlangan. Darslikda fanning predmeti, nazariy va amaliy masalalari, Respublikamiz uy-joy kommunal xo`jaligi sohasining tashkiliy tuzilmasi hamda faoliyatining iqtisodiy mexanizmi o`rganilgan. Darslikda bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamizda uy-joy kommunal xo`jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlarning va tarkibiy o`zgarishlarning pirovard maqsadlarini ochib berishga harakat qilingan. Darslik oliy ta`lim muassasalarida «Ko`chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish» bakalavriat ta`lim yo`nalishida «Uy-joy kommunal xo`jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi» fanini o`zlashtirishda foydalanish uchun mo`ljallangan. Shuningdek, darslik Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal xo`jaJigi tizimi korxonalarida faoliyat ko`rsatuvchi xodimlar foydalanishlari uchun tavsiya etiladi. |
0
|
|