Darslikda inson va jamiyat faoliyatining negizi bo’lgan mehnat
to’g’risida tasavvur beradigan mehnat sohasidagi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalar va tushunchalarning nazariy mazmuni tahlil qilinib, ish bilan bandlik va mehnat bozorining mohiyati ochib berilgan holda mehnatkash insonni shakllantirish masalalari ko’rib chiqiladi. Xodimlar faoliyatini tashkil etish masalalari yangicha bayon qilingan. Unda mehnat iqtisodiyotiga oid respublikamiz va chet mamlakatlarda chop etilgan darsliklar, ilmiy monografiyalarda bayon qilingan g’oyalar va kontseptsiyalar umumlashtirilgan. Har bir bobning yakunida keltirilgan savollar amaliy-nazariy seminar mashg’ulotlarida o’qituvchi rahbarligida muhokama qilishga mo’ljallangan. Mazkur darslik oliy o’quv yurtlarining 5340200 - «Måhnat iqtisodiyoti va sostiologiyasi” ta`lim yo`nalishi talabalari, bakalavr va magistrlar hamda mehnat iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti bilan shug’ullanayotgan mutaxassislar uchun mo’ljallangan. |
0
|
|