Mazkur darsltk xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish,
ishlab chiqarish zararsizligining tahlili, byudjetlashtirish, segmentlar bo`yicha hisob va hisobot kabi boshqaruv hisobining zamonaviy YO`nalishlariga bag`ishlangan. Darslik Davlat ta`lim standartlari asosida tuzilgan o`quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Kttohda rivojlangan davlatlarda qo`llanilayotgan va BMT tomonidan tavsiya etilgan boshqaruv hisobi tamoyillari hamda tashkiliy asoslaridan keng foydalanilgan. "Boshqaruv hisobi" darsligi iqtisodiy oliy o`quv yurtlarining shu sohadagi o`qituvchilari, aspirantlari, magistrlari va yuqori bosqich talabalariga mo`ljallangan. Shuningdek, korxona hoshqaruvchilari va mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin. |
0
|
|