Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi
tomonidan oliy ta`limning 340000 -”Biznes va boshqaruv” ta`lim sohasidagi 5340900 - “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat yo‘nalishi uchun 2003-yil 8- iyulda tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fani dasturiga asosan yozilgan. Darslikda buxgalteriya hisobi nazariyasiga doir hamma zamonaviy masalalar O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi Qonuni va hozirgi vaqtda Respublikada ishlab chiqilgan "Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari" hamda Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS) asosida yoritilgan. Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy buxgalteriya hisobi nazariyasidir. Ushbu darslik Oliy o‘quv yurtlarida o‘qiladigan "Buxgalteriya hisobi nazariyasi" fani bo‘yicha "Buxgalteriya hisobi" bakalavriatura talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bundan iqtisodiy oliy o‘quv yurtlari bakalavriatura va magistratura talabalari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va kollejlar o‘quvchilari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning va byudjet tashqi lotlarining buxgalterlari va iqtisodchilarini malakasini oshirish institutlari, markazlari va kurslarining tinglovchilari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning va byudjet tashqi lotlarining buxgalterlari va iqtisodchilari foydalanishlari mumkin. |
0
|
|