O`zbekistonda amalga oshirilayotgan o`zgarishlar jamiyatimizni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma`naviy jihatdan jahonning eng rivqjlangan mamlakatlari qatoridan o`rin olishida ijobiy natijalar bermoqda. Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" muhim tarixiy hujjat bo`lib, unda ta`lim tizimini tubdan isloh qilish, bu tizimni dunyoning ilg`or, demokratik davlatlari darajasiga yetkazish va yosh kadrlarni yuksak ma`naviy-axloqiy ruhda,`chuqur bilim egasi qilib tarbiyalash maqsadi qo`yilgan.