Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz


Muallif (lar): SH.N.RAHIMOV –
Chiqarilgan yili: 0
Resurs betlari soni: 138
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): 2525

Yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalash,
qadriyatlarimizni va milliy musiqa madaniyatimizni har
qachongidan chuqurroq o‘rganish, hamda xalqimizning
o‘zligini anglash, o‘z urf-odatlarini saqlay bilishi, ularni
tiklab,avaylab, e’zozlab, yangi o‘sib kelayotgan yosh avlodga
yetkazib berish bugungi kunning muhim masalalaridan biri
hisoblanadi.
Yosh avlodni milliy-ahloqiy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashning muhim vositalaridan biri sifatida ularni har
taraflama estetik badiiy did sohibi bo‘lib yetishishida milliy
musiqa merosining cholg‘uchilik san’ati orqali tanishtirib
borish alohida ahamiyat kasb etadi.
Dutor nafaqat O‘zbekistonda, O‘rta Osiyo xalqlari,
hususan tojik, uyg‘ur, qoraqalpoq, turkman xalqlarida ham
keng tarqalgan. Bu cholg‘uda milliy kuylar bilan bir
qatorda,barcha chet el kompozitorlari tomonidan yozilgan
har jihatdan murakkab asarlarni ham moxirona ijro etish
mumki.TALABANING MUSTAQIL ISHLASHI
Talaba o‘z o‘qituvchisining ko‘rsatma va fikrlariga ko‘rko‘
rona ergashib bo‘ysunishi emas, balki biror masala
yuzasidan o‘zining shaxsiy munosabatini ijro orqali bildira
olishi kerak.
O‘qituvchi rahbarligida o‘tiladigan darsning ahamiyati
katta, lekin bu ish o‘quvchining mustaqil ishlari muhimligini
inkor etmaydi, O‘quvchining mustaqil mashg‘ulotiga sarf
bo‘layotgan vaqtini bekor o‘tkazmasligini o‘rganib borish
kerak. Buning uchun o‘quvchiga mustaqil mashg‘ulotni
qanday tashkil qilish, nimalarga ko‘proq e’tibor berish
kerakligini tushuntirish lozim. Vaqtdan ratsional va umumli
foydalanish mustaqil ishlash asosi prinsiplaridan biri bo‘lishi
zarur.
Asosiy prinsiplaridan yana biri mashg‘ulotning
muntazamligidir. Ijroni o‘rgatishning dastlabki davridan
boshlab o‘quvchida muntazam mustaqil ishlashni
ko‘nikmasini hosil qilish zarur. Odatda, muntazamlikka
erishish qiyin bo‘lsa ham, bunday mashg‘ulotlar asta-sekin
odat tusiga ko‘rib borishi maqsadga muvofiqdir.
Ayrim o‘quvchilarning uyga berilgan vazifani tayyorlay
olish hollarini ham uchratamiz. Buning sababini bir so‘z
bilan tushuntirish qiyin. Lekin ko‘p hollarda uy vazifasi
tayyor emasligining sababi o‘quvchining darsga bo‘lgan yomon
munosabati yoki dangasaligida emas, balki vazifani oxirigacha
tushunib etmasligi, musiqa asarini o‘rganishga qanday
yondoshish kerakligini bilmasligidadir. Musiqiy ritm, eslab qolish va eshitish qobiliyati
Ritm — musiqaning asosiy elementlaridan biri bo‘lib,
musiqa tovushlarining vaqt birligi ichida joylashuv
qonuniyatini belgilab beradi.
O‘quvchida ritm tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirish
musiqa pedagogikasining eng zarur va muhim vazifalaridan
biridir. Olimlarning fikricha, bu ishning qiyinligi musiqa
tovushining vaqt birligi ichidagi cho‘zimini uning balandligiga
nisbatan aniq qayd etib bo‘lmasligidadir. Shunga qaramasdan,
olimlar o‘quvchilardagi musiqa ritm tuyg‘usini tarbiyalash.
 
Ko'rildi: 127     Ko'chirildi: 204


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz