Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Nurillo Raximov Narzullayevich 23.02.2016-12:53:27

Muallif (lar): Ã.Ì.Øàðèïîâà
Chiqarilgan yili: 0
Resurs betlari soni: 185
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): 4161

KI
RIS H
U
shbu o‘quv qo‘llanma «Musiqa va uni o‘qitish metodikasi» fanidan namuna sifatida yaratildi.
M
usiqa san’ati — nafosat tarbiyasining muhim omili bo‘lib, yosh avlodni kamolotga yetishishi uchun ta’sir etuvchi jarayon. Bu jarayon maktabdan boshlab shakllanadi va yosh avlodning ichki dunyosini boyitib, butun hayoti mobaynida unga hamroh bo‘lib boradi. Musiqiy nafosat tarbiyasining o‘zagi esa, boshlang‘ich sinflarda boshlanadi. Musiqiy nafosat tarbiyasining asosi — musiqa madaniyati darslari hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati darslarini unumli o‘tish va bolalarning mustahkam bilim olishlari uchun, bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi musiqa madaniyati darslarida beriladigan barcha o‘quv materiallarni puxta o‘zlashtirib olishi lozim.
M
usiqa madaniyati darslarida musiqiy ta’limning asosini tarkib toptirishda fortepiano cholg‘u asbobi bilan birgalikda, o‘zbek xalq cholg‘ulari asboblarida musiqiy asarlarni ijro eta olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisi xalq musiqa ijodi bilan tanishishi, atoqli kompozitorlarning hayoti va ijodini o‘rganishi kerak. O‘qituvchi o‘z ishiga ijodiy yondashib, dastur talablariga muvofiq dars o‘tishi mumkin.
M
a’lumki, musiqa darslari jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash kabi asosiy musiqiy faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Darsning har bir faoliyat turida turli bolalar musiqa asboblarida chalish, kuy va qo‘shiqlarga mos raqs harakatlarini bajarish, musiqa asboblarini chalishni qo‘l harakatlari bilan taqlid qilish, chapak chalish va dirijorlik qilish kabi elementlardan keng foydalanish darslarning yanada qiziqarli va jozibali bo‘lishini ta’minlaydi. Barcha dars faoliyatlari bir-biri bilan uzviy, mantiqiy bir butunlikni vujudga kelitirishni taqozo etadi. Musiqiy faoliyatlarni o‘zaro mantiqiy uyg‘unligi natijasida o‘qitishning rivojlantiruvchi, ta’limiy va tarbiyaviy vaBo
shlang‘ich sinflard a musiqa o‘qitishning
mazmuni va metod ikasi
I
sinf
B
oshlang‘ich sinflarda musiqa ta’limining poydevori shakllanadi. Shuning uchun 1-sinfdan boshlab, o‘quvchilarni musiqaga qiziqtirish, musiqiy taassurotlarini tarkib toptirish va zaruriy musiqiy ko‘nikma va malakalarini hosil etish asosiy vazifa qilib qo‘yiladi. Musiqa madaniyati darslarida, bolalar o‘zlari sevgan qo‘shiqlar, musiqali o‘yinlar va raqslar bilan yaqindan do‘stlashadilar, chiroyli va yoqimli qo‘shiq kuylashni o‘rganadilar, musiqa tinglash madaniyati bilan tanishadilar. Musiqiy asarda nima ifoda etilishi va ular qanday tasvirlanishini bilib oladilar hamda milliy kuy-qo‘shiqlarni o‘rganib boradilar. Shuning uchun, birinchi sinfdan boshlab, bolalarni musiqaga qiziqtirish lozim.
B
irinchi sinf o‘quvchilari, psixologik-fiziologik xarakterga ko‘ra, ma’lum darajada, diqqat-e’tibori, nutqi, xotirasi to‘liq rivojlanmagan bo‘ladi. Shu bois bolalar serharakat va o‘yinga moyil bo‘ladilar. Ovoz apparatlari to‘liq shakllanmagani sababli, zaif va nozik, ovoz pardalari esa kuchsiz bo‘ladi. Ovoz kuchi va tembri bo‘yicha o‘g‘il va qiz bolalarda deyarli farq sezilmaydi. Shu sababli, ularda tovush falset tipida hosil bo‘ladi. 1-sinf o‘quvchilarining ovoz diapozoni — do1 — lya1; do1— do2.
A
yrim bolalarning ovozlari normal holatda bo‘lsa-da, ular sozga tusholmaydilar. Bunga sabab, ularda musiqa eshitish a’zosi bilan tovush hosil qilish apparati o‘rtasida baland-pastlikni sezish bo‘yicha umumiy muvozanat hali shakllanmagan bo‘ladi. Shu bois, bolalarning musiqiy o‘quv qobiliyatlari har xil bo‘ladi. Shularni hisobga olgan holda, bolalarning musiqiy qobiliyatlarini sinchiklab o‘rganib, ularni differensional guruhlarga bo‘lib, joylariga o‘tkazish lozim. Chunki har bir musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarning qo‘shiq o‘rganish bilan birga, badiiy zavq olish, ijodiy fikrlash qobiliyati, nutqi, musiqiy uquvi rivojlana boradi.
Y
il mavzusi: «Biz musiqani sevamiz».
I
chorak: «Biz yoqtirgan kuy va qo‘shiqlar».
II
chorak: «Musiqali o‘yinlar, raqs va qo‘shiqlar».
III
chorak: «Xushnavo cholg‘ularimiz».
IV
chorak: «Xushnavo cholg‘ularimiz».
II
sinf
I
kkinchi sinf o‘quvchilari o‘zlarining psixologik-fiziologik xarakteriga ko‘ra, birinchi sinf o‘quvchilaridan kam farq qiladi. Bu yoshdagi bolalarning diqqat-e’tibori bir narsadan boshqa narsaga tez-tez almashib turadi. Chunki ular o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarga ko‘proq moyil bo‘ladilar. Darsning har bir elementini amalga oshirishda uning mohiyatini bolalar bilimi va hayotiy tajribalariga asoslanib tushuntirish lozim.MUSI
QA MAMADANIY ANIYÀTI DARSLA RINI O‘TKAZIS TKAZIS HGA DOIR
MET MET
OD
IK
TAVSIYTAVSIYTAVSIY TAVSIYÀLA R
Qo‘shiq tanlash va uni o‘rgatish tamoyillari
Har bir qo‘shiq ma’lum pedagogik maqsadlarni amalga oshirishni ko‘zda tutib tanlanadi. Qo‘shiqlarni tanlashda davomiylik, izchillik, ilmiylik va oddiydan murakkabga qarab borish tamoyiliga rioya qilinadi. Unda har bir yangi qo‘shiq oldingisidan hosil etilgan vokal-xor malakalarini mustahkamlaydi va ularni rivojlantiradi. Qo‘shiq diapazoni o‘quvchilar ovoziga mosligi, badiiy g‘oyaviy mazmuni yil, chorak mavzulari, yil fasllari, bayramlari, o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak.
Qo‘shiqlarni quyidagi talablarga ko‘ra tanlash tavsiya etiladi.
— Qo‘shiqlarning tarbiyaviy ahamiyati, siyosiy-g‘oyaviy mazmuni, musiqiy tuzilishi va xarakterining o‘quvchilar yoshiga mosligi.
— Qo‘shiq matnining osonligi, badiiy yuksakligi, bolalarning lug‘at boyligiga mosligi va ularning nutqini o‘stirish uchun xizmat qilishi.
— Qo‘shiq ohangi, uning xarakteri (xushchaqchaq, quvnoq, marsh, mungli), lad va tessiturasi, ovoz diapazoni o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi.
— Qo‘shiqning badiiy xususiyati va ifodaviyligi, bolalar idrokiga mosligi, garmonik tuzilishi va ohangdoshligi.
— Qo‘shiqning shakli, necha qismdan iboratliligi (1, 2 qismli yoki kuplet shaklida tuzilganligi
I
kkinchi sinf o‘quvchilarining ovoz diapazoni — do1 — re2 atrofida bo‘ladi. Dars unumi, o‘quvchilardazifalari amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflar musiqa madaniyati darslari bir o‘quv yilida 34—35 soat o‘tiladi.M
usiqiy asarlarning badiiy va musiqiy tahlili
«Baxtiy erkatoy». T To‘lqin Toshmatov musiqasi, Haydar Muhammad she’ri.
B
u qo‘shiqda erkatoy, dangasa Baxtiyor ismli bolakay haqida kuylanadi. Baxtiyor ertalab turib, choy ichmasligi, to‘g‘ri yo‘l qolib loy kechishi, darslarni qoldirib yurishi haqida. Qo‘shiq erkatoylik, yalqovlikning oxiri voy bo‘lishi, hamma bolalar oldida uyalib qolishi haqida. Qo‘shiq quvnoq, sho‘õ, yengil va o‘ynoqi xarakterda bo‘lib, o‘rtacha tez sur’atda ijro etiladi. Do-major tonligida yozilgan. Qo‘shiq hazil mazmunida bo‘lib, bolalarni odobli, mehnatsevar bo‘lishga chorlaydi.
«Paxtaoy». F Fattoh Nazarov musiqasi, To‘lqin Ilhomov she’ri.
B
u qo‘shiqda mustaqil O‘zbekistonimizning boyligi, g‘ururi bo‘lgan paxta haqida kuylanadi. Qo‘shiqda paxtaning dalalarda lo‘ppi-lo‘ppi ochilib, osmondagi yulduzlardek sochilib, chanoqlarni to‘ldirib, odamlarning ko‘nglini xushnud etishi haqida kuylanadi. Bu qo‘shiq sol-major tonligida yozilgan. Sho‘x, quvnoq xarakterda. Tez sur’atda ijro etiladi. Kuplet shaklida yozilgan. Bu asar bolalarda Vatanga muhabbat, tabiatga mehr tuyg‘ularini tarbiyalaydi.
«Buvijonim». Dilorom Omonullayeva musiqasi, Yo‘ldosh Suyunov she’ri.
B
u asar mehribon, qadrdon, sevimli buvijonlarimiz haqida. Qo‘shiqda buvilar nevaralarini erkalab, ertaklar aytib berishlari, shirinso‘zliklari ifodalanadi. Buvilar nevaralarini judayam yaxshi ko‘rishlari, bir kun ko‘rishmasa, sog‘inib qolishlari, uyimizning eng qadrli, aziz insoni ekanliklari haqida kuylanadi. Qo‘shiq kuyi ohista va mayin bo‘lib, unda g‘amxo‘r va mehribon buvilarimizning qiyofalari o‘z aksini topgan. Asar qo‘shiq-raqs janrida yozilgan. Re-major tonligida. Shoshmasdan, quvnoq, tez sur’atda ijro etiladi. Kuplet shaklida.
«Yangi yilim — yaxshi yilim». Doni Zokirov musiqasi, Po‘lat Mo‘min she’ri.
B
u qo‘shiq barcha intizorlik bilan kutadigan bayram — yangi yil haqida. Yangi yilda bolalar ta’tilga chiqib, archa bayramlariga borishlari, quvnab-xursandchilik qilib, bahr-dillari ochilishi va har yangi yilni yaxshi o‘qishlar, a’lo baholar bilan kutib, bayramni maqtashdan charchamasliklari haqida kuylanadi. Bu qo‘shiq quvnoq, sho‘x, raqs xarakterida ijro etiladi. Qo‘shiq-raqs janrida, Do-minor tonligida yozilgan. Kuplet shaklida. Tez sur’atda ijro etiladi.
«Nevaralar qo‘shig‘i». Nadim Norxo‘jayev musiqasi, Safar Barnoyev she’ri.
U
shbu qo‘shiq shirin so‘zli, beozor, mehribon buvi va bobolarimiz haqida yozilgan. Bolajonlarimizning niyatlari pok va nurli bo‘lishi, bobo va momolari bilan yashash qanchalik sururli ekanligi haqida zavq bilan kuylanadi. Asar kuplet shaklida yozilgan bo‘lib, sho‘x, quvnoq xarakterda ijro etiladi. Do-major tonligida. Tez sur’atda kuylanadi.
«Oy bo‘lamiz, toy bo‘lamiz». Habibullo Rahimov musiqasi, Safar Barnoyev she’ri.
U
shbu asarda bolalar kelajakda Amir Temur bobolaridek botir, qo‘rqmas, jasur bo‘lishlari haqida kuylanadi. Yigitlar Alpomishdek, qizlar Barchinoydek zukko, bilimdon bo‘lib voyaga yetishlari, ona Vatanga mehr-muhabbatli, sodiq, mard o‘g‘lon bo‘lib xizmat qilishlari haqida madh etiladi. Bu qo‘shiq kuplet shaklida. Qo‘shiq-raqs xarakterida, tez sur’atda ijro etiladi. Fa-major tonligida.
«Bolalar va g‘ozlar». Jamoliddin Najmiddinov musiqasi, Muhammad Qo‘shoqov she’ri.
B
u qo‘shiq g‘ozlarning ko‘llarda uchib-o‘ynab, qo‘shiq kuylab yurishlari, bolalar bilan do‘stliklari,
12
doimo yaxshilikka, ezgulikka, do‘stlikka intilib yashashlari haqida yozilgan. Kuplet shaklida ijro etiladi. Hazil-mutoyiba xarakterida, o‘rtacha tez sur’atda ijro etiladi. Re-major tonligida yozilgan.
«Inoq o‘ynaymiz». F Fattoh Nazarov musiqasi, G‘iyos Komilov she’ri.
U
shbu asarda bolalarning o‘zaro do‘stliklari haqida kuylanadi. Ular doimo birga o‘ynab, o‘qishlarda bir-birlariga yordam berishlari, goho po‘m-po‘m deb arazlashib, keyin bu eng yomon odatligi, birga inoq o‘ynab, qalin do‘st bo‘lish kerakligi haqida kuylaydilar. Qo‘shiq rondo shaklida ijro etiladi. Sho‘x, quvnoq xarakterda, o‘rtacha tez sur’atda ijro etiladi. Fa-major tonligida yozilgan.
«Oy Vatanim». S Shermat Yormatov musiqasi, Erkin Qambarov she’ri.
B
u qo‘shiq Vatanimizning insonlar dilidan joy olganligi, bog‘larining kengligi, bag‘rining go‘zalligi, mevalarining shirin-shakarligi haqida. Vatan insonga suv va havodek zarurligi, inson Vatansiz yasholmasligi haqida kuylanadi. Qo‘shiq mayin, cho‘zib, ohista kuylanadi. Bu qo‘shiq o‘quvchilarning Vatanga muhabbat tuyg‘usini o‘stiradi. O‘rtacha sur’atda ijro etiladi. Re-major tonligida yozilgan.
«Sog‘lom avlod qo‘shig‘i». S Shermat Yormatov musiqasi, Safar Barnoyev she’ri.turishi, tinchlik barqarorligi madh etiladi. Shuningdek, bolalarning yuzga kirganlarida ota-onalari yonlarida bo‘lishlari haqida ham kuylanadi. Qo‘shiq sho‘x, quvnoq, raqs xarakterida ijro etiladi. Kuplet shaklida, fa-major tonligida.
«Aziz ustozlar». S Sobir Boboyev musiqasi, To‘lqin she’ri.
B
u qo‘shiq aziz ustozlar haqida. O‘quvchilar ustozlarni e’zozlashlari
B
u qo‘shiqda bolalarning orzu-umidlari haqida kuylanadi. O‘zbekistonda quyosh charaqlab
 
Ko'rildi: 200     Ko'chirildi: 117


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz