Qodirov D.
An`anaviy qo’shiqchilik. Oliy o’quv yurtlari uchun o’kuv ko’llanma / D.Qodirov; Uzbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazir ligi. - T.: «Iqtisod-moliya», 2007. - 148 b. Annotatsiya Mazkur ukuv qo’llanma 5,14000 - Musiqiy ta`lim yo’nalishida .ta`lim olayotgan talabalar uchun mo’ljellangan bo’lnb, an`anaviy ko’shikchilkk madaniyatn tarixidan, ko’shiqchilik janrlari - mavsum - marosim, urf - odat qo’ymklari, mexkat qo’shikyaari, lirik qo’shiqlar xadida ma`lumot berilgan. Kuylash uchun halk. ko’shiklari, o’tmish bastakorlari ijodi, mumtoz qo’shiqyaardan namunalar o’rin olgan bo’lib, bu asarlar ijrosi.uchun uslubiy tavsiyalar bayon kilingan.Kirish O’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama etuk qilib tarbiyalashda musiqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadn. Bu borada musiqa muallimlarini tayyorlashda asosiy z`tibor ularni ma`naviy va ma`rifii jnhatdan etuk bo’lishlariga qaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi, ayniqsa musiqani, xalq qo’shiqchiligini urgatish `jarayonida badiiy ijodkorlikni tarbiyalashga qodir bo’lgan mutahassislarni tayyorlashga e`tiborni qaratish o’ta muhim vazifalardan biri bulib hisoblaiadi.An`anaviy qo’shiqchilik tarixidan Qo’shiqchilik tarixi uzoq o’tmishga egadir. O’rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma mambalar, arxeologik topilmalar shundan dalolat beradiki musiqa ijrochiligi nihoyatda mukammal rivojlangan. O’rta Osiyo xalqlarining sunggi ming yillik musiqa madaniyati tarixiga oid yozma manbalar bizgacha etib kelxanligi musiqiy merosni avaylab asrab avloddan-avlodga, ustozdan-shogirdga meros qilib qoldirilishining yorqin namunasidir. Uzoq o’tmishdan bizgacha etib kelgan musiqiy merosni urganish uni mukammal fan darajasiga olib chiqishda Abu Nasr Muxammad al-Farobiyning xizmatlari beqiyosdir. Al-Farobiy qadimgi musiqa namunalarini ijrosi va taxliliga juda katta ahamiyat berib utgai. Izlanishlar samarasi sifatida musiqa nazariyasi fanini yaratdi. "Kitabul al-kabr"(Musiqaga doir katta kitob), "Kilamu fil-musiqiy" (Musiqa uslublari haqida kitob), "Kitabul-musiqiy" (Musiqa kitsrbi) kabi risolalar bevosita musiqa ijrochiligi tahliliga bag`ishlangandir. O’tmishda xalqning ruhyy kechinmalari; shodlik, xursandchilik, qaygu - xasrat, iztiroblar - xalq ijodining namunasi bulmish - qo’shiqlarni dunyoga keltirdi, takomillashtirdi. Qo’shiqchilikdagi bu turli ijro yo’nalishi namunalari — • maishiy ashulalar • dostonlar • lirik va ishqiy harakterdagi ashulalar • marosim qo’shiqlari • mehnat qo’shiqlari • laparlar, yallalar • bolalar qo’shiqlari deb nomlanib - an`anaviy qo’shiq ijrochiligi yuzaga keldi. Xalqniyag ko’p ming yillik maishiy turmush tarzi ko’plab mazmundagi qo’shiqlar durdonasini yuzaga keltirdi. SHuningdek "qo’shiq" so’zini YUsuf Xos Xojibning "Qutadg`u bilig" asarida, XII asrda yozilgan Mahmud Qoshg`ariyning "Muqaddimatul - adab" lug`atida ham shunday ma`nolarni uchratamiz. Xususan Alisher Navoiyning "Mezonul - avzon" va Zahiriddin Boburning "Risolai aruz" asarlarida so’zi surud, ayolg`u, lahn, turki tarona, ashula, chilga (chinga) nomi bilap ham ta.rqalgan. Ular qo’shiqning turli janrlarini atash uchun qo’llanilganligi bayon qilinadi. O’zbek xalq qo’shiqlari shu darajada ko’p va xilma-xilki, uning barcha namunalari hali tula ravishda o’rganilishi kerak. An`anaviy qo’shiqchilikda qushiqlarnn • Mavsum-marosim; • Urf-odat qo’shiqlari; • Mehnat Bushnqlari; • Lirik qo’shiqlarni; 4 guruhga bo’lib, har bir guruh tahlili davomida ularning ichki turlarini ko’rib o’tnlishi joizdir. Mexnat qo’shiqlari Insoniyat yaralgandan beri o’z oilasi ehtiyoji uchun, biror yumush bilan - hunarmandchilik, dehqonchilik, kasanachilik, chorvachilik kabi kasblar bilan shugullanib keladi. Mehnat qo’shiqlarining yaratilishi ham mexnat jarayoni bilan bog`likdir. Dehqonlar, xunarmandlar ishlab turib qo’shiq aytganlar.Qo’shiq kishilar mehnatini engillatgan, ayrim so’zlari, undov, chaqiriq, nidolari kuttchilikni barobar harakat qilishini uqtirishgan. SHu sababdan qo’shikdagi so’zlar, vazn, qofiya, ixcham, aniq bo’lgan. Ayrim so’zlar vaqti-vaqti bilan takrorlanib, xayqiriq, chaqiriq, shikoyat yoki mamnunlikni bildiruvchi nidolar alohida aytilib turilgan. Qo’shiqlarda mehnatni engillyshtirishga qaratilgan ko’tarinki ruh, xalq ijodiga hos optimizm,xushchaqchaq kayfiyat doimo ustunlik qilib kelgan. Mehnat qo’shiqlari mazmunan dehqonchshshk, bog va bog`dorchilik, chorvachilik, ovchilik, hunarmandchilik va boshqa kasblarga xos xususiyatlarni aks etgiradi. Qo’shchi qo’shig`i. Qo’shchi qo’shiqlari yolg`iz qo’shchining o’zi tomonidan baland ovoz bilan, ba`zan xirgoyi qilib ijro etiladi. Ularning dehkonniig hayoti, ish hayvoniga munosabati tasvirlangan. SHoxlarim quloch-quloch, Yo’q madorim qornim och, Tepamda qo’ngan qaldirg`och, Men qaytib qo’shga yarayman. O’rim qo’shig`i: O’roq va o’roqchilar guruhi tomonidan o’rim paytida aytiladigan o’rim qo’shiqlarida dehqonning umidi ro’yobga chiqayotgani, ko’tarinki ruh bilan ishga kirishayotgani bayon etiladi. Dehqonning goragida kuch-g`ayrat jo’sh uradi. O’rog`im olmos, Urishdan qolmas, Sira ham tolmas, O’rmasam bo’lmas. Xo’p xayda qo’shiklari. Xirmon yanchnsh vaqtida dehqonlar tomonidan aytiladigan qo’shiqlar xo’p hayda yoki maydagul deb yuritiladi. Ayri-ayri tuyoqqa, mayda-yo, mayda, Ayri na hol yarashar, mayda-yo, mayda, Jilviragan quloqqa mayda-yo, mayda Tilla sirg`a yarashar, mayda-yo, mayda. Sog`im qushig`i. Uy hayvonlarini sog`ishda erkalash ohangida aytiladigan qo’shiqlarni sog`im qo’shiqlari deb atashgan. Saralab eding o’timni, xo’sh~xo’sh, Iyib bergin sutingni, xo’sh-xo’sh. Olmazor buloq o’ting bor, xo’sh-xo’sh, Tura qolgin, jonivor, xo’sh-xo’sh, Iya qolgin, jonivor, xo’sh-xo’sh. Xunarmandchilik qo’shiqlari. O’zbek qo’shqlari orasida xunarmandchilik qo’shiqlari anchagina salmoqli o’rin egallaydi. Bo’z to’qiymiz qarog`ini o’xshatib, Moki otaman dastaginamni qaqshatib, Boeordagi shoyilardan yaxshi etib, Nafisdan o’xshagan buzim yaxshidir. Alla. O’tmish alla qo’shiqlarida zahmatkash, mushtipar, ezilgan mazlum sharq onasi obrazi gavdalanadi. Allalarda onalarga xos bulgan bag`ri kenglik, quyoshday mehribonlik, mayin dil qa`ridan sizib chiqqan kuylarda taraladi. Senga qo’ydim yaxshi ot, alla, YAxshi niyatdir murod, alla, YUrtu elga suyansang, alla, Senga bo’lg`usi qanot, alla. Ular boshdan-oyoq mayin, erkalatuvchi va uxlatuvchi, ko’pincha bir xil kuyda ijro etiladi va oxirgi "alla-yo" so’zi cho’zib takrorlanadi. Ramazon qushiqlari. Turli urf-odatlar, marosim va irimlar bilan bog`liq bir qancha qo’shiqlar yaratilganki, bunga "YO ramazon", "Barot keldi", "Safar qochdi" kabilarni ko’rsatish mumkin. Sirtdan qaraganda "YO ramazon" diniy mazmundagi qo’shiqlarga o’xshasada, xonadon axdiga yaxshi niyatlar qilinadi. Sus xotin. Qurg`oqchilik munosabati bilan yomg`ir chaqirish marosimida aytiladigan "Sus xotin" "Talabi boron" (YOmg`ir talab) qo’shiqlari turli irimlar qadimdan qolgan animistik tushunchalar bilan bog`langan. Qo’shiqda murojaat, xitob oxanglari xalqimizning suv xaqidagi qadimiy orzu-armonlari o’ziga xos yusnnda gavdalangan. To’y qo’shiqlari. To’y marosimlari - uylanish to’yi, xatna to’yi, yosh to’yi, beshik to’yi sinO’lan Nikoh to’ylari, ba`zan bayram kunlari, ayrim yiginlarda, cholgusiz ijro qilinadigan o’lanlar ko’proq chorvadorlar, dehqonlar orasida tarqalgan. O’lanlarda cho’pon yigit bilan cho’pon qiz sevgi dardlaridan baxs etib so’zamollikda chechanlikda, odamiylikda bir-birlarini sinaganday bo’ladi, musobaqadan tomonlar bir-birlariga sovgalar beradi. Lirik qo’shiqlar. Xalqning eng yaxshi orzularini ifodalagan, yuksak insoniy fazilatlarni boy va cho’qur ruhiy kechinmalarda aks ettirgan, yakka holda va jamoaviy bo’lib, ma`lum kuy bilan ijro qilinadigan qushiqlarga lirik qo’shiqlar deyiladi. Ishq-muhabbat mavzuidagi lirik qo’shiqlar mazmundorligi, musiqiyligi, dilga yaqinligi bilan alohida ajralib turadi. Ularda xaqiqiy sevgini ulutlash, qadriga etish, ma`naviy va ahloqiy soflik vafo va sadoqatning qimmati tabiiy va samimiyat bilan tasvirlanadi. An`anaviy qo’shiqchilikda ijro yo’llari O’zbek xalqi an`anaviy qo’shiqchiligida ijrochilik uslubi, ijrochilik maktabini yaratdi. Bu avloddan avlodga "Ustoz shogird"an`analari orqali o’tib kelmoqda. Bu uslub akademik ijro uslubiga yaqin bo’lib, xonanda qo’shiqni "Ishkami" uslubida kuylaydi. YA`ni kuylash uchun zarur bo’ladigan to’liv; nafas qorin bo’shlig`iga olinib ashula ijrosiga qarab taqsimlab ijro etiladi. An`anaviy ijro uslubink;gg akademik ijrodan birgina farqi shundaki, xofiz har bkr bo’gin va so’zlarga "nolalar" yordamida qo’shiqni ijro etib b-erishi kerak. Akademik ijroda esa bu bezak nolalar cheklangan . ;olda ijro etiladi.An`anaviy qo’shiqchilik fani va yakka darslar uchun kiritilgan asarlar ro’yhati. I Xalq qo’shiqlari 1. "CHaman ichra" Xalq xalq qushig`i II tom 196 bet 2."Olmacha anor" 3."Tanovar" I tom 144 bet 4."YAli-yali" Navoiy g`azali I tom 209 bet 5."Oydek to’libdir" Xislat g`azali I tom 251 bet 6."YAllo-yallo" Xalq she`ri I tom 259 bet 7."YOshligimda" Xalq qo’shigi I tom 264 bet 8."YAllama yorim" I tom 266 bet Bastakorlar asarlari. 1."Ko’rmadim" D.Zokirov musiqasi A.Navoiy g`azali 2."Mubtalo bo’ldim senga" K.Jabborov musiqasi A.Navoiy g`azali 3."Ey sabo" 4."Nazzora qil" K.Jabborov musiqasi Fuzuliy II tom 444 bet 5.Etmasmidim K.Jabborov musiqasi 6.Tokay K.Jabborov musiqasi, Uvaysiy g`azali 7.Bu ko’ngildur K.Jabborov musiqasi Lutfiy g`azali 8.Diyorimsan K.Jabborov musiqasi Xabibiy g`azali II tom 440 bet 9.Aylanay K.Jabborov musiqasi Xabibiy g`azali II tom 447 bet 10.Koshki YU.Rajabiy A.Navoiy I tom 483 bet 11.Ne navo YU.Rajabiy A.Navoiy II tom 463 bet 12.Muhabbat dashtida YU.Rajabiy A.Navoiy I tom 410 bet 13.Ishq YU.Rajabiy A.Navoiy I tom 414 bet 14.Qiz qo’shig`i YU.Rajabiy X.Olimjon I tom 463 bet 15.Jonimdadur YU.Rajabiy A.Navoiy I tom 467 bet 16.YOr mehri YU.Rajabiy A.Navoiy I tom 481 bet 17.O’lmasun J.Sultonov A.Navoiy I tom 417 bet 18.YAxshiroq J.Sultonov A.Navoiy I tom 446 bet 19.Assalom K.Jabborov musiqasi Furqat III tom 526 bet 20.Sayri gulzor J.Sultonov musiqasi Xabibiy 21.Ne ajab O.Nuriddinov musiqasi A.Navoiy I tom 519 bet 22.Bir ishva bilan M.Murtazoev musiqasi Xamza I tom 452 bet 23.Fargona tong otguncha M.Murtazoev musiqasi Xaziniy gazali 24.So’lim I.Ikromov Soatiy g`azali 25.Ey chehrasi tobonim S.Kalonov Muqimiy II tom 493 bet 26. Topmadim S.Kalonov A.Navoiy Ptom 496 bet 27 Ey sarviravon S.Kalonov Nodira 28.Aylagach To’xtasinov musiqasi A.Navoiy g`azali IV tom 451 bet 29.Unutma K.Otaniyozov IV tom 457 bet 30.Gulzorim X.Abdurasulov musiqasi A.Navoiy g`azali I tom 64 bet Mumtoz ashulalar 1.Nasrullo A.Navoiy gazali I tom 3- bet. 2. Bayot I Fuzuliy g`azali I tom 31 bet 3. Bayot II Muqimiy g`azalya I tom 38 bet 4. Girya I Zavqiy gazali I tom 49 bet 5.Farg`onacha shahnoz Muqimiy gazali I tom 75 bet 6. Ko’chabog`i II A.Navoiy II tom 83 bet 7. Qalandar I Muqimiy g`azali I tom 98 bet 8. Qalandar II Muqimiy g`azali I tom 101 bet 9. Oromijon Zavqiy g`azali I tom 122 bet 10.Galdr I Xalq she`ri I tom 152 bet 11.Abdurahmonbegi Muqimiy gazali II tom 142 bet 12.Dugoh Xusayn III O’lturgusi I tom 113 bet 13.Nasri Uzzol Navoiy gazali II tom 3 bet 14.Ushshoq A.Navoiy gazali II tom 37 bet 15.Quqon ushshog`i A.Navoiy g`azali II tom 52 bet 16.Munojot A.Navoiy g`azali II tom 60 bet 17.Fig`on Furqat g`azali II tom 66 bet 18.Feruz I Ogaxiy g`azali II tom 91 bet 19.Feruz II Ogaxiy g`azali III tom 277. bet 20.Dutoh Xusayn II (Ishqida) III tom 66 bet 21.Dugoh Xusayn II (Ishqida) III tom 71 bet 22.Taronai Dutoh Xusayn (Bosh ustina) III tom 66 bet 23.Dutoh Xusayn IV (Ey nigorim) III tom 87 bet 24.CHorgoh I A.Navoiy g`azali III tom 98 bet 25.CHorgoh II Furqat g`azali III tom 105 bet 26.CHorgoh V (Oh kim rahm aylamas) III tom 122 bet 27.Savti kalon qashqarchasi A.O’tar g`azali 28.Savti kalon soqinomasi Bobur gazali III tom 178 bet 29.Eshvoy Xabibiy g`azali 30.SHitob aylab A.Navoiy g`azali IV tom 23 bet 31.Sarohbori dugoh P-SH taronasi Xuvaydo g`azali Dugoh maqomidan. |
0
|
|