Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Obidqul Sattorqulov Turdiqulovich 22.02.2016-13:38:19

Muallif (lar): N.M.SOATOV, G.N.TILLAXO‘JAYEVA
Chiqarilgan yili: 2005
Resurs betlari soni: 365
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): pdf

Ushbu darslik zamon talablari darajasida yangi darsliklar avlodini yaratish
konsepsiyasiga binoan 2003 yilda Abu Ali ibn Sino nomli Tibbiyot nashriyoti
tomonidan chop etilgan ―Statistika‖ darsligining qayta ishlangan ikkinchi nashridir.
Qayta ishlash jarayonida kitob matni yaxshilab tahrir qilinishi va ikkilamchi
masalalarni chiqarib tashlanishi hisobiga uning hajmi ikki barobar ixchamlashgan.
Ammo, mazmuni esa ilg‗or pedagogik va axborot texnologiyalari asosida yangicha
yondashish va talqinlarni qo‗llash natijasida boyigan. Har bir mavzu masalalarini
bayon etishda dasturlangan o‗quv texnologiyasi tomoyillaridan keng foydalanilgan.
Jumladan, asosiy ilmiy tushuncha va kategoriyalar hamda nazariy masalalar dastlab
muhim mantiqiy – tuzilmaviy elementlar va xarakterli jihatlarga ajratilib, turli sxema
– tarhlar, chizma va boshqa ko‗rgazmali shakllar tasvirlangan. So‗ngra ular har
taraflama izohlanib, hayotiy misollar yordamida tushuntirilgan.
Darslikda statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati kabi
mavzularga bag‗ishlangan bo‗limlar muammoli ma‘ruzalar tamoyili asosida yozilgan.
Variatsiya ko‗rsatkichlari, trendlarni aniqlash, dispersion, korrelyatsion va regression
tahlil singari ko‗p hisoblash bilan bog‗liq bo‗lgan masalalarni yoritishda ax borot
texnologiyalaridan foydalanish zarurati va yo‗llari ko‗rsatib o‗tilgan.
Darslikda fan masalalari ikki turkumga ajratilib, birinchi – «Tasviriy statistika»
- qismida statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, statistik
ko‗rsatkichlar, axborotlarni jadval grafiklar yordamida taqdim etish usullari, ikkinchi
«Analitik statistika» qismida esa tasniflash va guruhlash, taqsimot qatorlari, o‗rtacha
miqdorlar va o‗rtacha tuzilmaviy ko‗rsatkichlar, variatsiya ko‗rsatkichlari, tanlanma
kuzatish, korrelyatsion va regression tahlil, dinamikani o‗rganish statistik usullari,
iqtisodiy indekslar, iqtisodiy balanslar va milliy hisobchilik asoslari bayon etilgan.
Darslik barcha iqtisodiy fakultet oliy o‗quv yurtlari talabalari uchun
mo‗ljallangan. Undan malaka oshirish institutlarining tinglovchilari, aspirantlar, ilmiy
va amaliy xodimlar statistika uslubiyatining yangicha talqin va usullarini bilib
olishlari mumkin.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Statistika
 
Ko'rildi: 289     Ko'chirildi: 678


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz