Ushbu o’quv - uslubiy majmua 5111600 bakalavriat “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, u amaldagi « Globallashuv asoslari » fan dasturi bo’yicha o’quv - uslubiy majmua sifatida tayyorlangan. Ushbu fanning maqsadi davlat va huquqning nazariy asoslarini, huquq tarixini, mohiyati va mazmunini talabalarga tushuntirishni maqsad qilib qo’yadi. Ularni kelgusi hayotda ushbu narsaga amal qilishlarini o’rgatishdan iboratdir. O’quv uslubiy majmua Guliston Davlat universiteti o’quv uslubiy kengashi tomonidan (2015 yil 1- sonli bayonnoma) nashrga tavsiya etilgan.