Darslikda psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, bilish faoliyati, shaxs psixodiagnostikasi, intellekt va shaxslararo munosabatlarga doir nazariy bilimlar hamda psixodiagnostik metodikalar, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar hamda kattalarni psixologik tekshirish metodikalari bayon etilgan. Shu bilan birga eksperimentlarni o’tkazish shart-sharoitlari va bosqichlari, eksperimentlarni loyihalashtirish, noa’nanaviy tadqiqotlarni loyihalash, eksperiment natijalari tahlili keltirilgan.