Guliston davlat universiteti ichki ta'lim portali

portal.guldu.uz

avatar_rasm Xusan Norjigitov 17.02.2016-12:44:00

Muallif (lar): Xudoyberganov G., Vorisov A., Mansurov X., Shoimkulov B.
Chiqarilgan yili: 2010
Resurs betlari soni: 400
Resurs formati (doc, docx, ppt, pptx, pdf, rar): rar

Matematik ta’lil shakllanishi davrida unga differensial tenglamalarni tuzish va yechish usullari deb qaralgan edi.
Hozirgi kunda matematik ta’lil deganda differensial va integral hisobi tushunilib, differensial tenglamalar nazariyasi deganda esa, asosan matematik ta’lilning usul va natijalariga asoslangan, matematikaning alohida bo’limi tushuniladi.
Zamonaviy matematik ta’lilning asosida limitlar nazariyasi yotadi deb hech ikkilanmasdan aytish mumkin. Keng ma’noda olib qaraganda, aynan mana shu holat matematik ta’lilni matematikaning boshqa bo’limlaridan ajratib turadi.
Taqdim qilinayotgan matematik ta’lil kursida ko’pincha qat’iy bayondan avval intuitsiyaga asoslan–gan evristik tushuntirishlar keltiriladi. o’z–o’zidan ma’lumki, bu tushuntirishlar isbotlarning o’rnini bosmaydi albatta, balki o’quvchini isbotlarni, yangi kiritiladigan tushunchalarni yoki murakkab nazariy mulohazalarni qabul qilishga tayyorlaydi.
Ushbu kursning asosiy maqsadi – bir o’zgaruvichili funksiyalar uchun differensial va integral hisobni bayon etish. Bir o’zgaruvchili funksiya deb bu kursda haqiqiy sonlar to’plamini haqiqiy sonlar to’plamiga akslantirish tushuniladi. Shu sababli kurs haqiqiy sonlar to’plamini qurish bilan boshlanadi.

Bu resurs quyudagi fanlarga tegishli:
Matematik analiz
 
Ko'rildi: 330     Ko'chirildi: 34


Âíèìàíèå
Diqqat, cheklanish!!!
Ma'lumotga fikr qoldirish faqat saytdan ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat berilgan!!!
Ro'yxatdan o'tish uchun shu erni bosing.

www.guldu.uz
www.hemis.guldu.uz
www.student.guldu.uz