Xusan Norjigitov 15.02.2016-17:22:18 |
Fanning maqsad va vazifalari.
1.1 Fanning maqsadi; Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishi bo’yicha taxsil olayotgan talabalarni matematikaning turli bo’limlari (matematik tahlil, algebra va sonlar nazariyasi, geometriya, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika va boshqalar) bo’yicha atroflicha va chuqur matematik bilimlar berish bilan birga ularning kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy ahamiyat kasb etuvchi matematik bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. 1.2 Fanning vazifasi; Bu kurs bo’yicha talabalar bilimlari va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat: talabalar algebra va geometriya �amda analitik geometriya elementlaridan olingan nazariy bilimlarini amaliy qo’llay olishlari lozim. Shuningdek, matematik tahlil elementlarini nazariy va amaliy tatbiqlarini bilishlari kerak. hosila, integral, differentsial va integral hisobi, analitik funktsiyalar nazariyasi, birinchi va ikkinchi tartibli oddiy differentsial tenglamalar ehtimollar nazariyasi va matematik statistika haqida tasavvurga ega bo’lishi va bulardan amaliy masalalarni echishda foydalana bilishi kerak. 1.3. Fanni o’rganishda Oliy matematika fani ixtisoslik fanlari uchun fundamental fan vazifasini o’tashi lozim. |
Ko'chirildi: 1073
|
0
|
![]() |
|