GulDU o`quv-metodik Kengashining (2-sonli bayonnomasi, 26.10.2012 yil) yig`ilish qarori bilan chop etishga tavsiya etilgan.
Ushbu o`quv qo`llanma (o`quv-uslubiy majmua) hozirgi dastur asosida tayyorlangan bo`lib, 5460100-matematika va 5480100-amaliy matematika va informatika ta’lim yo`nalishi bo`yiha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan. Bu o`quv-uslubiy majmuada: Chiziqli fazo, Evklid fazosi, kvadratik shakl (forma), chiziqli operatorlar, Jordan matrisalar, guruh mavzulari bayon etilgan. Har bir mavzuga doir amaliy mashg`ulotlar uchun masalalar berilgan. Nazorat va mustaqil topshiriqlar berilgan va mavzuga doir muammolar qayd etilgan.