«O‘zbek tili praktikumi» o‘quv qo‘llanmasi o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. Qo‘llanma «O‘zbek tili praktikumi» kursining fonetika, leksikologiya, frazeologiya, morfemika, so‘z yasalishi, morfologiya va sintaksis bo‘limlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, shu yo‘nalish dasturiga mos ravishda yozilgan.
Har bir bo‘lim tahlilida nazariy ma’lumotlar mumkin qadar kam va ixcham bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlarga keng o‘rin berilgan. Qo‘llanma Nizomiy nomidagi TDPU Ilmiy Kengashining 2004 yil, 28 oktabrdagi 3-sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan. |
0
|
|