O’quvchilarning musiqiy tarbiyasini rivojlantirishda xor to’garaklaridagi xor ijrochiligi barcha o’quvchilar uchun muhim mashg‘ulotlardan biri hisoblanadi.
O’quvchilar xor ijrochiligida, ya’ni xor to’garagida kuylash bilan san’atda faol ishtirok etadilar. Bu hol ularda musiqa san’atiga qiziqish va muhabbat uyg‘otadi, ularning musiqaga bo’lgan uquvini, usullarni his qilish, esda saqlash, tovush jarangdorligini his qilish qobiliyatini rivojlantirib, qo’shiq kuylash kabi musiqiy malakalarini oshiradi, umumiy madaniy saviyalarini yuksaltiradi.