Tarbiya fani dasturi o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirish orqali ularni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlash, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi mazmunmohiyatini o‘quvchi-yoshlarga chuqur singdirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish orqali mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqod, ma’rifatlilik, diniy va milliy bag‘rikenglik kabi fazilatlarni tarbiyalashni amalga oshirish nuqtai nazaridan ishlab chiqilgan.