Maxmudov Sherali Xusanovich 29.11.2025-12:11:53 |
EKONOMETRIK MODELLARNING AXBOROT TA’MINOTI
Iqtisodiy jarayonlarni vaqt davomida o’zgarishini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki barcha iqtisodiy jarayonlar va hodisalar vaqt davomida o’zgaruvchan bo’ladi. Iqtisodiyotda barcha iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-statistik modellar orqali o’rganish natijasida u yoki bu iqtisodiy ko’rsatkichning hozirgi holati va kelajakdagi o’zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash mumkin bo’ladi. Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish omillari o’rtasidagi aloqalar o’z mohiyatiga ko’ra stoxastik bo’lgan asosga tayanadi. Iqtisodiy sub’ektlar faoliyatini statistik modellashtirish zamon va makonda ularning rivojlanish jarayonini o’rganishda asosiy o’rin ‘egallaydi. Bu modellar ishlab chiqarish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash uchun moslashgandir. Hatto eng takomillashgan statistik model ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarning butun aloqadorligini qamrab olishga qodir emas. Shunga ko’ra, iqtisodiy tahlil va iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo’llashda har doim noaniqlik elementlari mavjud bo’ladi. |
Ko'chirildi: 3
|
0
|
![]() |
|