Ushbu ma’ruza matni O‘zbekiston tuproqlari va ulardan samarali foydalanish fanidan o‘tiladigan “Bo‘z tuproqlarning xossa-xususiyatlari, evolyutsion o‘zgarishi va ulardan samarali foydalanish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda bo‘z tuproqlarning xossa-xususiyatlari, ularning evolyutsion o‘zgarishi, unumdorligi va unumdorligini oshirishda yangi agrotexnologiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ingliz va o‘zbek tillarida bayon etilgan hamda asosiy atamalar izohi-glossariy keltrilgan. Ma’ruza 2-bosqich Agrokimyo va tuproqshunoslik ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan.