Mazkur qo‘llanma O‘rta Osiyo tarixiy-geografiyasi doirasida Ustrushona mintaqasining tarixiy o‘rnini, uning Buyuk Ipak yo‘lidagi geostrategik va geoiqtisodiy ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ustrushonaning qadimiy va o‘rta asrlar davridagi rivojlanish xususiyatlari, savdo-sotiq aloqalari, shaharsozlik madaniyati va madaniy almashuvdagi o‘rni tahlil qilinadi.
Ushbu tarixiy-geografik tadqiqot talabalarga Ustrushonaning tabiiy-geografik sharoitlari, tarixiy omillari, iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga ta’sir qilgan omillarni kompleks tarzda tushunishga yordam beradi. Qo‘llanma zamonaviy ilmiy manbalar va arxeologik tadqiqotlar asosida yozilgan bo‘lib, mintaqaning tarixiy taraqqiyotida geografik omillarning tutgan o‘rnini ochib berishga xizmat qiladi.