Darslik iqtisodiyot nazariyasining an’anaviy va chuqurlashtirilgan bo‘limlarini qamrab oladi. Iste’mol va ishlab chiqarish modellari; firmalar, tovarlar, mehnat va kapital bozorlarining muvozanati; jamiyat farovonligi va ijtimoiy tanlov; makroiqtisodiy aylanma; moliya bozorlarining amalda bo‘lishi; makroiqtisodiy muvozanat va nisbatlar; inflyatsiya va ishsizlik; iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy sikllar tavsifi; xalqaro moliya va xalqaro savdo kabi masalalar darslikda atroflicha ko‘rib chiqilgan. Darslik oliy ta’limning davlat standartlarining amaldagi talablariga javob beradi.