Mazkur kontent 601010200 – Sport faoliyati ta‟lim yo„nalishining “O„zbek tilining sohada qo„llanilishi” fani dasturi bo„yicha tayyorlangan. O„zbek tilining sohalarda qo„llanishi bilan bog„liq bo„lgan tilning jamiyatda tutgan o„rni, til va tafakkur, til va madaniyat munosabati, Davlat tili haqidagi Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, jamiyatning turli sohalarida o„zbek tili ijimoiy vazifalarining kengayishi, o„zbek adabiy til va uning me‟yorlari, nutq uslublari va ularning xususiyatlari, sohalarda davlat tilida ish yuritish masalalari, grammatik stilistika, nutqning kommunikativ sifatlari haqida fikr yuritilgan. Davlat tili – adabiy tilga oid nazariy ma‟lumotlar amaliy mashg„ulotlar bilan mustahkamlanadi hamda o„zbek tilining sohalarda qo„llanishi bilan bog„liq namunalar keltirilgan.