Menejment uzoq muddatli tadrijiy rivojlanishi davomida zamonaviy
sivilizatsiyaning muhim ajralmas qismiga aylandi. Shu bois, ushbu fan taqqoslama menejment kategoriyalarining paydo bo‘lishi va ularning rivojlanishi, taqqoslama menejment nazariyalarining mohiyati, asoschilari va namoyondalari, taqqoslama menejmentni tashkil qilish asoslari, boshqarishni yuzaga kelish sabablari, liderlik va uning zarurligi, menejment faoliyati asoslari, ular faoliyatining zarurligi, taqqoslama menejmentga doir g‘oyalar, atama va tushunchalar, nazariy qarashlar, konsepsiya va modellar, tamoyillar, yondashuv, usul, uslub, yo‘sinlar va boshqa atributlarni tizimli va kompleks ravishda mujassamlashtiruvchi ilmiy-nazariy va metodologik asoslar yaxlitlik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillari nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o‘z aksini topgan. |
0
|
|