Zoolgiya hayvonat olamining xilma-xilligi va uni bir butunlik sifatida o‘rganish hamda sayyoramiz miqyosidagi hayotiy tizim tuzilishiga tegishli muhim umumbiologik muammolarni hal qilishda markaziy o‘rinlarda turadi. Xalq xo‘jaligi va amaliyotda zoologiya fanini uslub va yutuqlaridan foydalanish yoritib beriladi. Talabalar hayvonat olami qonuniyalarini o‘rganish asosida hayvon organizmlarining ko‘payish usullari, o‘sishi, rivojlanishini turli tumanligi, ularni morfologik, anatomik, fiziologik va ekologik jarayonlarini yoritishda ushbu fanni ahamiyati naqadar katta ekanligiga ishonch hosil qiladilar.