“Sabzavotchilik” Ushbu fanni bakalavrlar tayyorlashdagi o‘rni va ahamiyati shulardan iboratki, sabzavotchilikning ahamiyati, kelib chiqishi va tarqalish tarixi, hozirgi holati va rivojlanish istiqboli to‘g‘risidagi bilimlarini berish. “Sabzavotchilik” fani ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3-kurs talabalariga o‘qitilishi maqsadga muvofiq. “Sabzavotchilik” fani ixtisoslik fanlar turkumiga kiradi va barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ham o‘qitiladi. Mazkur fan boshqa fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi qishloq xo‘jalik fanlari uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.