Talabalarning huquq va burchlari, sport tayyorgarligiga talablar. 3. Mutaxassislik bosqichini vazifalari va mazmuni Ma’ruzadan maqsad: Talabalarni “Gandbol nazariyasi va uslubiyoti” fanining vazifasi va o‘rgatish uslublari bilan tanishtirish. maqsadi, 36 Kirish. Gandbol nazariyasi va uslubiyati fani gandbol sport turi bo‘yicha pedagog-murabiylarni tayyorlashda etakchi va asosiy ixtisoslik fani sifatida o‘rgatiladi. Gandbol nazariyasi va uslubiyati fanida gandbol o‘yinining kelib chiqishi, vositalari, uslubiyati, tamoyillari, mashg‘ulot va musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, gandbol o‘yini texnikasi va taktikasiga o‘rgatish, gandbol sport mashg‘uloti asoslari bo‘yicha, bilimlar va amaliy harakat ko‘nikma va malakalari o‘rgatiladi.