Basketbol 1891-yilda AQShning Massachusets shtatidagi Springfild kollejining jismoniy tarbiya oʻqituvchisi Jeyms Neysmit tomonidan “kashf” etilgan. Bu o`yinni yaratishda Neysmit uzoq vaqtlardan beri keng tarqalgan tʻp bilan o`tkaziladigan oddiy o`yinlar haqidagi tarixiy ma’lumotlardan foydalangan deb taxmin qilish mumkin.
Kollejda o`tkaziladigan gimnastika darslarini jonlantirish haqida topshiriq olgan Jeyms Neysmit yopiq xonalar uchun yangi o`yin o`ylab chiqadi. U balkon panjaralariga shaftoli solinadigan savatlardan ikkitasini osib qo`yadi. O`yinga erkaklar bilan ayollar birgalikda qatnashardilar. Neysmit taklif qilgan o`yin birinchi kundanoq talabalar orasida katta qiziqish uyg`otdi. Gimnastika guruhida 18 kishi bo`lgani uchun, ular ikki jamoaga bo`linib o`ynay boshladilar. Keyinchalik har bir jamoadagi o`yinchilarning soni 7 va 5 nafargacha kamaytiriladi. |
0
|
|