Mazkur darslik bakalavriatning ―5140100–Biologiya‖, ―5320500 – biotexnologiya‖, ―5630100 – ekologiya va atrof muhit muhofazasi‖ va ―5141000 – tuproqshunoslik‖ ta‘lim yo‗nalishlari talabalari uchun O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‗quv reja va fan dasturi asosida yozilgan bo‗lib, unda o‗simliklar hujayrasi, to‗qimalari, vegetativ va generativ organlari, tuban o‗simliklar tuzilishi, tarqalishi, yuksak sporali o‗simliklar tavsifi, qarag‗ay va magnoliyatoifa o‗simliklari sistematikasi, o‗simliklar ekologiyasi asoslari, fitotsenologiya, o‗simliklar geografiyasi haqida bilim, ko‗nikma va malakalarni berish ko‗zda tutilgan.