Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kuchli fuqorolik jamiyati qurishga, fan va texnologiyalarni yanada rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirish uchun shart – sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O’zbekistonning munosib o’rin egallashiga qaratilgan kompleks chora – tadbirlar amalga oshirildi. Shu ma’noda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi” muhim amaliy asosga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev 2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatimizning etakchi ilm – fan namoyondalari bilan uchrashdilar. Bu amaliy uchrashuv Respublika rahbarining ilm – fan sohasiga yuksak e’tiborining na`munasidir. Uchrashuvda 2017 – 2021. yillar davomida O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalish bo’yicha to’xtalar ekan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish eksportiga mo’ljallangan mahsulotlarga materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, buning uchun Oliy ta’lim sifatini oshirish, rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish kerak ekanligi uqtirildi [ 1,2].