Ushbu uslubiy ko’rsatma Agranomiya va Kasbiy ta’lim mutaxassislik fanlari ichida dastlab o’qiladigan asosiy fan bo’lib, kimyoviy himoya qilishning xalq xo’jaligidagi ahamiyati, mohiyati tarixiy taraqqiyoti samarali yangi pestitsidlarning qishloq xo’jaligida qo’llanilishi va yaxshi natijalar olish masalalarini talabalarga yetkazib berishligi bilan dolzarb hisoblanadi. Qishloq xo’jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi karantin zararkunandalarning har tomonlama morfologik va anatomik fiziologik jarayonlarini chuqur o’rganish va shu bilan birga ko’payishi, tarqalishi, uning zararini oldini olish uchun o’rganishni taqozo etadi.