O‘quv qo‘llanmada kompyuterda masalalaning qo’yilishi, turli toifadagi masalalarni yechishning algoritmlari va bu algoritmlarni dasturlash tiliga o’girish muammolari qaralgan. Unda C++ algoritmik tilining asosiy tushuncha va atamalari keltirilgan, berilganlar ustida ishlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan, hisoblash jarayonini tashkillashtirish aniq misollarda ko‘rsatilgan. Chiziqli, takrorlanuvchi va tarmoqlanuvchi jarayonlarni, shuningdek massiv elementlari bilan ishlash algoritmlarini amalga oshirish uchun zarur dasturlash saboqlari berilgan.