Diqqatingizga havola etilayotgan va raqamli iqtisodiyot sharoitlarida
innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamda turli tizimlarni boshqarish masala va muammolariga bag’ishlangan ushbu o’quv qo’llanma hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo’layotgan raqamli iqtisodiyot hamda uning tarkibiy qismi bo’lgan innovatsion texnologiyalar sohasiga bag’ishlangan hamda uning infratuzilmasini atroflicha tavsiflab beradi. Unda zamonaviy elektron tijorat hamda raqamli iqtisodiyotning asosi bo’lgan muammolar bilan bog’liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o’tish mexanizmi, elektron tijorat va elektron biznesning bir qancha samarali biznes modellari haqida ko’plab qimmatli ma’lumotlar berilgan. Undan so’ng, raqamli iqtisodiyotning hamda elektron tijoratning hozirgi davrda shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir qancha asosiy turlari, shu jumladan, bulutli texnologiyalar, moliyaviy texnologiyalar, buyumlar interneti, sun’iy inttelekt, raqamli valyutalar, virtual voqe’lik va ularning asosiy xususiyatlari atroflicha bayon etilgan. |
0
|
|