Mazkur fan yuzasidan qo’yiladigan asosiy maqsad – talaba xalq cholg’ularida o’qitish uslubiyoti,milliy cholg’ularimiz tarixi,o’zbek cholg’ulari haqida tassavurlarga ega bo’lishi lozim.
“Xalq cholg’ularida o’qitish uslubiyoti” fanini o’zlashtirishdan kelib chiqadigan vazifalar-talabalar turli yo’nalishlarda bilimlarga ega bo’lganliklarini namoyish etishlaridan iboratdir. “Xalq cholg’ularida o’qitish uslubiyoti” fani milliy cholg’ularimiz tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladilar hamda mustaqil kasbiy ish faoliyat ko’rsatadigan,yuqori musiqa ijrochilik mahoratiga va milliy cholg’ularimiz tarixi haqida ma’lumotga ega kadrlarni tayyorlash uchun muhim o’rin tutadi. Cholg’u ijrochiligi nazariyasi va tarixi.Cholg’u ijrochiligi va cholg’uning tovush imkoniyatlari.Respublikamizda milliy musiqiy meros, mumtoz kuylarni yanada mukammal chuqur o‘rganish,ashula va raqs ansambllarini tashkilotchisi mutaxassislarini tayyorlashga ehtiyoj kattadir. Ushbu fanning maqsadi o’zbek milliy cholg’ularimiz,ijro ko’nikmalarini o’qitish uslublarini chuqur o‘rganib, uning ijro uslublari,milliy cholg’ularimiz tarixlarini,milliy bezaklarni o‘ziga xos ijro yo‘llarini o‘rganishdir. |
0
|
|