Xalq cholg’ularida o’qitish uslubiyoti fanini o’zlashtirishdan kelib chiqadigan vazifalar – talabalar turli yo’nalishlarda bilimlarga ega bo’lganliklarini namoyish etishlaridan iboratdir. Talaba iqtidorini rivojlantirishga imkon darajasida harakat qilishi, uning o’ziga xos jihatlarini to’la namoyon etishi, kompozitorlar uslubida ixtisoslashuv cholg’usi ijrochiligiga oid barcha manbalardan foydalangan holda sozandaga saboq berish, milliy ijrochilik uslubini qo’llay bilish kabi bilim va ko’nikmalarni namoyish etishi zarur. Qolaversa, musiqa sohasidagi o’rta maxsus ta’lim muassasalarida, turli ijodiy kollektivlarda, musiqiy madaniyat muassasalarida ishlash ko’nikmalarini olishlari zarur.