Qishloq xo`jaligining asosiy masalasi bu – qishloq xo`jaligida ishlab chiqarishning barqarorligini ta‘minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirib borish asosida mamlakat aholisining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom-ashyoga bo`lgan ehtiyojini qondirishdir. Bugungi kunda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan oziq-ovqat mahsulotlarining yillik iste‘moli 47,3 foizini tashkil qilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari importi yildan yilga kamayib, uning eksport hajmi sezilarli darajada ortib bormoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, "Fermer va dehqonlarimiz qishloq xo`jaligida asosiy kuch bo`lib, nafaqat mazkur sohani, balki butun mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirish,xalqimizning turmush darajasini oshirish, yurtimizni har jihatdan obod va farovon qilishda beqiyos ishlarni amalga oshirayotganini bugun faxr va g`urur bilan, minnatdorlik bilan qayd etamiz". Qishloq xo`jaligini erkin bozor iqtisodiyoti qonunlari talabi darajasida barqaror rivojlantirish uchun qishloq xo`jaligini yuritishning turli mulk va mulkchilik shakllarini va tadbirkorlik shakllarini barpo etishning zarurligi, yersuv resurslaridan samarali foydalanish, sug`oriladigan yerlar maydoni, sifati,moddiy-texnika resurslari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion texnologiyalar va ulardan samarali foydalanish, qishloq xo`jaligining asosiy va aylanma fondlari mehnat resurslari bozori, mehnat unumdorligini oshirish, investitsiyalar (kapital qo`yilmalar) bo`yicha davlatning siyosati, qishloqda servisni rivojlantirish,xarajatlarni tejash, mahsulot va xizmatlarning baholarini belgilash,raqobatbardoshligini oshirish hamda qishloq xo`jaligi korxonalarining daromadlarini ko`paytirish yo`llarini asoslab berish maqsadga muvofiqdir. |
0
|
|