Fanni o’qitishdan maqsad: Turdosh cholg’ularni o’rganish fani cholg’u ijrochisi sifatida mustaqil kasbiy ish faoliyat ko’rsatadigan, zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali, turdosh cholg’ularni ijro etish mahoratiga ega, mamlakatning san`at sohasi rivojiga munosib hissa qo`shishga qodir kadrlarni tayyorlashdan iborat. Talaba turdosh cholg’u ijrochiligi, ansambl, orkestr cholg’ulari, jahon va o’zbek musiqa me’rosi haqida tasavvurga ega bo’ladi.
Fanni o`zlashtirishdan kelib chiqadigan vazifalar - talabalar turli yo`nalishlarda bilimlarga ega bo`lganliklarini namoyish etishlaridan iboratdir. Ushbu fan bo`yicha talabalar mukammal ravishda milliy cholg`ularda ijrochilik mahorati ustida ishlashning amaliy ijro jarayonlari o`zlashtirishning uslubiy ko`nikmalarini o`rganadi.