Darslikda o‘zbek tilining
lug‘at tarkibi (leksikasi), frazeologik tizimi jahon va o‘zbek tilshunosligining so‘nggi yillarda erishgan yutuqlari asosida yoritildi. Darslikning uchinchi – oxirgi qismi ilmiy lug‘atchilik (leksikografiya) masalalariga bag‘ishlangan. Unda o‘zbek leksikografik tizimidagi filologik, ensiklopedik va ideografik lug‘atlar va ularning konkret turlari haqida ma’lumot beriladi. Kitob universitet va pedagogika oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek tili va adabiyoti bakalavrlaridan tashqari, akademik litsey, shuningdek, umumta’lim maktablarining o‘zbek tili o‘qituvchilariga mo‘ljallangan. Undan tilshunoslik masalalari bilan shug‘ullanuvchi ilmiy xodimlar, magistrlar va aspirantlar ham foydalanishi mumkin. |
0
|
|