“Jahon xo’jaligi geografiyasi” Mazkur fanning o‘qitilishidan maqsad geografiya mutaxassisligi talabalariga-geografiyaning integral o‘rganish ob’ekti sifatida-xo‘jalik shakllanishi va rivojlanishining umumiy va mintaqaviy xususiyatlari, muammolari to‘g‘risida umumiy va maxsus bilimlarni berish. Jumladan, dunyoda va ayrim mamlakatlarda xo‘jalikni rivojlanishi va hududiy tashkil etilishining omillari, jarayonlari va tendentsiyalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.